14 APREL OB-HAVO PROGNOZI 13 aprel soat 20 dan 14 aprel soat 20 gacha
13.04.2024
MUHIM HODISALAR
13-15 aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
13-14 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
13-15 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
14 APREL OB-HAVO PROGNOZI 13 aprel soat 20 dan 14 aprel soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tnzlikda esadi. Harorat kechasi 11-13°, kunduzi 20-22° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tnzlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tnzlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tnzlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tnzlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tnzlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tnzlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° bo‘ladi.