13 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
13.04.2024
MUHIM HODISALAR
13-15 aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
13-14 aprel kunlari respublikaning ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog’ hududlarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi.
13-15 aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
13 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasida,
Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kuning ikkinchi yarmida yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.