12 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

12.04.2024

MUHIM HODISALAR 12-15 aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 12-14 aprel kunlari respublikaning ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog’ hududlarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 12-15 aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 12 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasida, Xorazm viloyatida ertalab biroz yomg’ir yog’adi. Farg’ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kuning birinchi yarmida biroz yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-21° bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.