13-15 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

13-15 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

11.04.2024

13-15 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 18-23°, 14 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°, 15 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 22-27° bo‘ladi. BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin. 14-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shardan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22°, 14-15 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 14 aprelda ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin. G‘arbqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shardan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi. QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, 13-14 aprelda ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin. G‘arbqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shardan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22°; 14-15 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, 13 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14-15 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. G‘arbqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shardan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 13 va 15 aprelda 20-25°, 15 aprelda 17-22° bo‘ladi. RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15°; 14-15 aprelda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° bo‘ladi.