12 APREL OB-HAVO PROGNOZI 11 aprel soat 20 dan 12 aprel soat 20 gacha

12 APREL OB-HAVO PROGNOZI 11 aprel soat 20 dan 12 aprel soat 20 gacha

11.04.2024

MUHIM HODISALAR 11-15 aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 12-14 aprel kunlari respublikaning ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog’ hududlarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 12-15 aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 12 APREL OB-HAVO PROGNOZI 11 aprel soat 20 dan 12 aprel soat 20 gacha TOSHKENT SHAHRI Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 19-21° bo‘ladi. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. G‘arbqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shardan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 18-23° bo‘ladi. BUXORO NAVOIY VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 17-22° bo‘ladi. QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.