O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 8-14 APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
08.04.2024
Bugun kunduzi respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq
ob-havo saqlanib turadi, harorat 22-27o, janubda 30o gacha bo‘ladi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ertaga 9 aprel kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida
va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va havo harorati 15-20o gacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15-20o gacha pasayadi.
10-11 aprelda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana 22-27o gacha, janubda 30o gacha ko‘tariladi.
12-14 aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 7-12o, kunduz kunlari 18-23o bo‘ladi. Respublika shimolida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.
Tog‘li hududlarda 9 va 12-14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtimizda: bugun kunduzi havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 24-26o bo‘ladi.
9 aprelda ertalab va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 16-18o bo‘ladi.
10-11 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-24o bo‘ladi.
12 aprelda kunning ikkinchi yarmida va 13-14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 18-23o bo‘ladi.
Harorat asosan kechalari 7-12o bo‘ladi.