6 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

6 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.04.2024

MUHIM HODISALAR
6-7 aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
6-8 aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
6 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Samarqand, Jizzax viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkinQoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo Surxondaryo viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo’adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-9° bo‘ladi.