O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 5-7 APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
05.04.2024
Bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida
va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi.
O‘zbekistonning qolgan hududlarida kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon respublikaning markaziy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldirok bo‘ladi. Harorat 20-23o, janubda 27o gacha bo‘ladi.
Ertaga 6 aprel kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir faqat kechasi va ertalab yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati biroz pasayadi va 15-18o atrofida bo‘ladi.
7 aprel-yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati yana 20-23o gacha ko‘tariladi.
Kechalari harorat asosan 7-12o bo‘ladi.
5-6 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Tog‘li hududlarda 5-6 aprelda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik
(yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi, 6 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda: 5 aprel kechga tomon va 6 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
7 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat 5 va 7 aprel kunlari 20-23o, 6 aprel-shanba kuni 15-17o bo‘ladi. Harorat kechalari 7-12o atrofida bo‘ladi.
2024 yil 5 aprel
O‘zgidromet