2024 YIL MART OYI QANDAY BO‘LDI

2024 YIL MART OYI QANDAY BO‘LDI

03.04.2024

2024 YIL MARTOYI QANDAY BO‘LDI

Iqlim ma’lumotlari va kuzatilgan mart oylari kabi joriy yilning mart oyi ham odatdagidek bo‘ldi.

Oyning birinchi o‘n kunligi harorat tartibi bo‘yicha me’yordan 1-4o ga sovuqroq, ikkinchi o‘n kunligi esa me’yorga yaqin, ba’zi joylarda me’yordan 1-2o ga sovuqroq bo‘ldi. Uchinchi o‘n kunlik eng iliq - odatdagidan 1-2o ga iliq bo‘ldi.

Hududning katta qismida o‘rtacha oylik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi.

Mart oyida bir nechta sovuq to‘lqinlar kuzatildi.

Respublikaning shimolida, janubida va Farg‘ona vodiysida eng past havo harorati birinchi o‘n kunlikda - shimolda 6-11o sovuq, janubda va Farg‘ona vodiysida 
0-5osovuq, Surxondaryo viloyatining ayrim joylarida va Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi hududlarida 7-9o sovuq qayd etildi.

 

 

Odatda mart oyida eng sovuq havo kirib kelmaydigan respublikaning eng chekka janubida havoni bunday kuchli sovushi, sirkulyatsiyaga toroposferaning o‘rta qatlamlaridan sovuq tortilishida yuqori siklon vujudga kelishi bilan bog‘liqdir.

Eng kuchli sovuq to‘lqinlar markaziy hududlarda haroratni 2-7o sovuqqacha, ba’zi joylarda 10o sovuqqacha pasayishda oyning o‘rtalarida kuzatildi.

Mart oyining uchinchi o‘n kunligida havo eng iliq bo‘ldi. Kunduzi havo harorati 
25-28o iliqqacha, shimolda va janubda 29-30o iliqqacha ko‘tarildi.

 

 

O‘tgan mart oyida harorat rekordlari qayd etilmadi. O‘zbekiston hududi bo‘yicha minimal va maksimal havo harorati 1961-2023 yillar davridagi minimal va maksimal harorat qiymatlariga, shuningdek, kuzatuvlarning butun qatori uchun mutlaq minimal va maksimal darajaga yetmadi.

 

2024 yil MART oyidagi minimal va maksimal havo haroratini 

1961-2023 yy. MART oylaridagi minimal va maksimal harorat bilan taqqoslash

 

Meteostansiya

Minimal harorat

mart 2024 y.

Minimal harorat

mart 

1961-2023 yy.

Maksimal harorat 

mart 2024 y.

Maksimal harorat

mart 
1961-2023 yy.

Toshkent

-6,3

-13,7 /1972

27,7

32,5 /1971

Nukus

-7,8

-18,6 /1971

28,8

31,4 /2008

Urganch

-6,2

-14,0 /1998

27,3

32,8 /2018

Buxoro

-1,6

-11,9 /1969

29,8

35,0 /2018

Navoiy

-1,8

-9,3 /1969

28,0

33,0 /2018

Nurafshon

-6,2

-15,0 /1972

26,0

34,3 /2000

Samarqand

-4,8

-10,0 /1972

26,2

32,2 /2018

Jizzax 

-4,6

-12,9 /1972

27,0

31,5 /2000

Sirdaryo

-6,0

-12,3 /1972

27,1

32,5 /2000

Qarshi

-2,2

-9,3 /2005

30,4

36,4 /2000

Termiz

-3,2

-4,9 /1969

30,4

37,3 /2018

Andijon

-4,5

-12,9 /1972

27,9

30,4 /1962

Namangan

-2,6

-11,5 /2015

28,0

31,5 /1989

Farg‘ona

-2,7

-8,7 /1972

27,0

29,0 /1962

 

 

 

 

 

Hududning ko‘pchilik qismida mart oyida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan ko‘p va me’yor atrofida, Farg‘ona vodiysi va respublika janubida ba’zi joylarda me’yordan kam bo‘ldi.

Birinchi va ikkinchi o‘n kunliklarda O‘zbekistonning tekislik hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi holatlari kuzatildi, bunda qisqa muddatli qor qoplami hosil bo‘ldi.

Markaziy va hatto janubiy viloyatlarda qor balandligi 4-25 sm ga yetdi.

Ayrim kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda momaqaldiroq va shamolning kuchayishi bilan kuchli yomg‘irlar  yog‘di. Toshkent, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida bir kecha-kunduzda yog‘ingarchilik miqdori oylik normaning 30-60% ga yetdi.

12 mart kuni Toshkentda 27 mm yomg‘ir yog‘di, bu mart oyi me’yoridan 40% ni tashkil etadi.

Toshkent, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari va hududlarni suv bosishi qayd etildi.

Shuni ta’kidlash joizki, O‘zgidromet tomonidan ushbu hodisalar vujudga kelishi xavfi haqida oldindan tezkor gidrometeorologik axborot berilgan.

 

 

Foto: O‘zgidromet