5-7 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
03.04.2024
5-7 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6-7 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 5 aprelda 18-23°, 6-7 aprelda 20-25° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 aprelda kechasi 5-10°, kunduzi 17-22°; 6 aprelda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25°; 7 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 23-28°bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 6 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 5 va 7 aprelda 18-23°, 6 aprelda 15-20° bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 5 va 7 aprelda 18-23°, 6 aprelda 15-20° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6-7 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-6 aprelda kechasi 5-10°, kunduzi 22-27°, 7 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 6 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-6 aprelda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23°, 7 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 aprelda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 7 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 5-6 aprelda 5-10°, 7 aprelda 7-12° bo‘ladi.