29 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29.03.2024

MUHIM HODISALAR

29-31 martda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

29mart-2 aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

29 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bazi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Kunning birinchi yarmida Qoraqolpog’iston Respublikasi, Navoiy viloyatida va kechga tomon Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Xorazm, Buxoro viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-1m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-10° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.