28 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28.03.2024

MUHIM HODISALAR

28 mart kuni ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

28-31 martda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

28mart-2 aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

28 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladibazi joylarda yomg’ir yog’adi,ayrim joylarda kuchli yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida, Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Sharqiy hamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-1m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-16° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.