26 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
26.03.2024
MUHIM HODISALAR
26-28 mart kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
26-27 martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
26-31 martda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
26 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, bazi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Toshkint, Sirdaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy hamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 23-28° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, bazi joylarda yog’ingarchilik bo’ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy hamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° iliq bo‘ladi.