O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 25-29 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
25.03.2024
O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 25-29 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun 25 mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati 23-28o iliq, janubda va cho‘l hududlarda 30o gacha bo‘lgan quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.
26-29 mart kunlari davrida O‘zbekiston hududiga nam o‘rta yer dengizi havosining bir qismi kirib kelishi kutilmoqda.
Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
26 martda yuqori harorat foni saqlanib turadi, so‘ng havo harorati asta-sekin pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib 13-18o iliqni tashkil etadi.
25-26 va 28-29 mart kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, 28-29 martda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtimizda: 26 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27-29 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bugun va ertaga kunduzgi harorat 25-27o iliq, 27 martda 20-22o iliq, 28 martda 18-20o iliq, kechalari harorat asosan 11-14o iliq bo‘ladi.
2024 yil 25 mart
O‘zgidromet