27-29 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

27-29 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

25.03.2024

27-29 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 28 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 29 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 martda 10-15° iliq, 29 martda 5-10° iliq, kunduzi 27 martda 20-25° iliq, 28-29 martda 12-17° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27-28 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 29 martda yog‘ingarchilik ktuilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-28 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 18-23° iliq, 29 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27-28 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 29 martda yog‘ingarchilik ktuilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 martda 10-15° iliq, 29 martda 7-12° iliq, kunduzi 27 martda 23-28° iliq, 28-29 martda 15-20° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq; 29 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 27 martda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 martda 3-8° iliq, 29 martda 0-5° iliq, kunduzi 27 martda 10-15° iliq bo‘ladi, 28-29 martda 5-10° iliqqacha pasayadi.