22 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
22.03.2024
MUHIM HODISALAR
22-27 martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
22 mart kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
22 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Buxoro Navoiy viloyatlarida eralab ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi.. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.