21 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21.03.2024

MUHIM HODISALAR
21-27 martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
21-22 mart kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
21 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 
15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.