O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 20-24 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 20-24 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.03.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 20-24 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

20-22 mart kunlari O‘zbekiston hududiga nam o‘rta yer dengizi havosi kirib keladi.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20-21 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Bugun 20 martda respublikaning ko‘pchilik hududlarida juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 19-24o iliq atrofida, janubda 27-29o iliqqacha bo‘ladi.

21-22 mart kunlari harorat asta-sekin pasayadi, 22 mart kuniga kelib 10-15o iliqqacha bo‘ladi.

20-21 martda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

23-24 mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududida yog‘ingarchiliksiz 
ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari salqinroq 5-8o iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat yana ko‘tarila boshlaydi va 17-20o iliqni, ba’zi joylarda 22o iliqqachani tashkil etadi.

Respubliknaing tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 20-22 mart kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

 

Poytaxtimizda: 20 martda kechga tomon va 21-22 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

21 martda shamol tezligi 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat: bugun kunduzi 21-23o iliq, 21 martda 15-17o iliq, 22 martda 12-14o iliq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 9-12o iliq bo‘ladi.

23-24 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 6-8o iliq, kunduz kunlari 17-20o iliq bo‘ladi.