20-22 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

20-22 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

18.03.2024

20-22 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20-21 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 22 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 21 martda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 22 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, 21 martda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 21 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 22 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, 21 martda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 21 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 22 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, 20 martda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20 martda 20-25° iliq, 21-22 martda 15-20° iliq bo‘ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 martda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 21-22 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20 martda 15-20° iliq, 21 martda 12-17° iliq, 22 martda 10-15° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik, 20-21 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 19-20 martda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-21 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 22 martda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.