16 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16.03.2024

MUHIM HODISALAR
16-20 mart kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
16 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O’zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° iliq bo‘ladi.
Toshkentda: havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° iliq bo’ladi.
Tog’li hududlarda: havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. 
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.