O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 15-17 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 15-17 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.03.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 15-17 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

So‘nggi kunlardagi ob-havo yana bir marotaba mart oyi ob-havo sharoiti bo‘yicha eng makkor oy ekanligini ko‘rsatdi.

Kechagina respublikamizning barcha markaziy hududlarida qor yog‘di, bugun esa ertalabdan quyosh chaqnab turibdi.

Respublika hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 17 mart yakshanba kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

14 mart kuni kirib kelgan sovuq havo massasi hisobiga O‘zbekistonning barcha viloyatlarida havo keskin sovuq bo‘ldi, ammo bu sovuq respublika hududidan tez chiqib ketmoqda va havo harorati ko‘tarila boshlaydi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida harorat 8-13o iliq atrofida bo‘ladi, yakshanba kuni esa havo 15-20o iliqqacha isiydi.

Shanbadan yakshanba o‘tar kechasi respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi, yakshanba kuni harorat kechasi 2-7o iliqqacha ko‘tariladi.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. 

Bugun va dam olish kunlari tog‘larda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

 

Poytaxtimizda: 15-17 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat: bugun kunduzi 9-11o iliq;

shanba kuni kechasi 0-2o sovuq, kunduzi 13-15o iliq; yakshanba kuni kechasi 2-4o iliq, kunduzi 16-18o iliq bo‘ladi.