16-18 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

16-18 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

14.03.2024

16-18 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat 17 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16 martda 3° sovuq-2° iliq, 17-18 martda 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16-17 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 17 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 18 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi. 

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatida 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 17 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 18 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16-17 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 17 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 20-25° iliq; 18 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 17 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 18 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16-17 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. 18 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 martda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi, 17-18 martda kechasi 3° sovuq-2° iliqqacha, kunduzi 5-10° iliqqacha ko‘tariladi.