14 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14.03.2024

MUHIM HODISALAR

14 mart kuni respublikaning togli hududlarida

qor kochishi xavfi bor.

14 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ozbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ertalab Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida, qolgan hududlarda kun davomida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba‘zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.

Toshkentda: havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo’ladi.

Tog’li hududlarda: havo biroz bulutli bo‘ladi, bazi joylarda qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadiba‘zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-6° sovuq boladi.