11 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.03.2024

MUHIM HODISALAR

11-14 mart kuni respublikaning tog‘li hududlarida 

qor ko‘chishi xavfi bor.

11 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ozbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida bazi joylarida yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15-20° iliq bo’ladi.

Toshkentda: havo biroz bulutli bo’ladi yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° iliq bo’ladi.

Tog’ oldi va tog’li hududlarda: havo biroz bulutli bo’ladi, bazi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko’chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.