10 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

10.03.2024

MUHIM HODISALAR
10-14 mart kuni respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
10 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O’zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, bazi joylarida yomg’ir yog’adi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning birinchi yarmida yomg’ir yog’adi Qoraqalpog’iston Respublikasida, Xorazm, viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarida 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 11-16° iliq bo’ladi.
Toshkentda: havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo’ladi.
Tog’ oldi va tog’li hududlarda: havo biroz bulutli bo’ladi, bazi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Qor ko’chishi xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.