11-13 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
09.03.2024
11-13 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12-13 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 martda
3° sovuq-2° iliq, 13 martda 0-5° sovuq, kunduzi 11 martda 8-13° iliq, 12-13 martda 6-11° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12-13 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 11 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 12-13 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-13° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11 martda 13-18° iliq, 12-13 martda 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 martda
5-10° iliq, 13 martda 3-8° iliq, kunduzi 11 martda 13-18° iliq, 12-13 martda 9-14° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 va 13 martda yog’ingarchilik kutilmaydi, 12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11 va 13 martda
2-7° iliq, 12 martda 5-10° iliq, kunduzi 11 martda 11-16° iliq, 12-13 martda 7-12° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, , 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. Qor ko’chish xafi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq,
12 martda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 13 martda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.