O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 7-11 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.03.2024
O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 7-11 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha ish haftasining boshida boshlangan havo haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi.
Havo harorati kechalari 5-10o iliq, kunduz kunlari 7 martda 13-16o iliq, 8 martda 17-20o iliq atrofida bo‘ladi.
Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertaga hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va kunning ikkinchi yarmida Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
9-11 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat foni ancha yuqori bo‘lishi saqlanib turadi, kechalari 5-10o iliq, kunduz kunlari 13-18o iliq bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, 9 martda ba’zida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtimizda: 7-8 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9-11 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 9 martda 12-15 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechalari 5-10o iliq, kunduz kunlari 13-18o iliq bo‘ladi.
2024 yil 7 mart
O‘zgidromet