9-11 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
07.03.2024
9-11 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 9 martda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 10 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9 martda 10-15° iliq, 10-11 martda 12-17° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 9 martda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 10 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 9 va 11 martda yog’ingarchilik kutilmaydi, 10 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 9-10 martda 2-7° iliq, 11 martda 4-9° iliq bo‘ladi.