O‘TGAN FEVRAL OYI QANDAY BO‘LDI?
06.03.2024
O‘TGAN FEVRAL OYI QANDAY BO‘LDI?
Ushbu yilning fevral oyida harorat tartibi turli xil bo‘ldi.
Oyning birinchi yarmi ( oy boshidan tashqari (1-4 fevral)) juda iliq bo‘lib, u me’yordan o‘rtacha 7-8o ga, shimoliy hududlarda esa me’yordan 10-12o issiqroq bo‘ldi.
Ayrim kunlarda maksimal havo harorati, hatto respublikaning shimolida ham 20-23o iliqga, janubiy viloyatlarda esa 24-26o iliqga yetdi.
Iqlimiy ma’lumotlarga ko‘ra, bunday harorat qishning oxiriga qaraganda bahorning o‘rtalariga xos bo‘ldi. Ammo meteorologik kuzatuvlar tarixida fevral oyida havo harorati 25-27o gacha, janubda 29-32o gacha ko‘tarilgan yillar ham kuzatilgan.
16-17 fevral kunlari sovuq arktika havosining kirib kelishi natijasida harorat foni keskin pasaydi va oyning ikkinchi yarmi esa me’yordan o‘rtacha 5o ga sovuqroq bo‘ldi.
Ushbu davrning eng sovuq kechalarida havo harorati
5-10osovuqqacha, janubda 0-4o sovuqqacha, shimolda 12-15o sovuqqacha pasaydi.
Fevral oyida bunday harorat qiymatlari odatiy hodisadir. Hatto, ushbu asrda ham kechalari harorat 15-20osovuqqacha, shimolda 25-30o sovuqqacha pasaygan fevral oylari kuzatilgan.
Joriy yilning fevral oyida o‘rtacha oylik harorat respublika hududining katta qismida o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi. O‘zbekistonning shimolida fevral oyi iqlimiy me’yordan 1,5-2o ga iliqroq bo‘ldi.
O‘zbekiston hududining katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yorga yaqin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Qizilqum shimolida me’yorga nisbatan kam (30% dan kam) bo‘ldi.
Oyning iliq davrida (5-fevraldan 15-fevralgacha) yog‘ingarchilik kam bo‘lib, tekislik hududlarda esa faqat jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatildi.
Oyning boshida va uning ikkinchi yarmida asosan jadalligi kuchliroq bo‘lgan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik tez-tez kuzatildi. Ushbu davrda respublikaning tekislik hududlarida qor qoplami shakllandi. Qor qoplamli kunlar soniga ko‘ra, fevral oyi o‘tgan qishda eng qorli bo‘ldi.
Tog‘li hududlarda qor qoplami oy davom saqlanib turdi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘larida oy oxiriga qor balandligi 70-115 sm ni, Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlarida 30-50 sm ni tashkil etdi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga mos, ammo o‘tgan yilning fevral oyi oxiriga nisbatan 15-25% ga kam bo‘ldi.
2023-2024 yillarning qish mavsumi iliq bo‘lib, o‘rtacha mavsumiy havo harorati iqlimiy me’yordan 1,5-2,6o ga yuqori bo‘ldi.
Yanvar oyi o‘tgan qishning manfiy anomaliyasiga asosiy hissa qo‘shdi.
Hududning katta qismida (respublika shimolidan tashqari)
2024 yilning yanvar oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uchligiga kirdi.
Yanvar oyida o‘rtacha oylik havo harorati iqlimiy me’yordan 3-4o ga, shimolda 1-2o ga ko‘p bo‘ldi.
Dekabr ham iliq bo‘ldi. Ikkinchi o‘n yillikda sezilarli sovuq to‘lqinlariga qaramay, dekabr oyida o‘rtacha oylik harorat me’yoriy qiymatlardan 1,5-2o ga, janubdagi 2,5-3o ga yuqori bo‘ldi.
Fevral oyining harorat tartibi o‘ratcha ko‘p yillik qiymatlarga mos bo‘ldi.
Hududning katta qismida o‘tgan qish uchun eng past havo harorati 2023 yil dekabr oyida kuzatildi. Toshkentda dekabr oyining minimal harorati 15,9o sovuq qayd etildi, bu hatto so‘nggi o‘ttiz yil ichida eng past harorat bo‘ldi.