7-9 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

7-9 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

05.03.2024

7-9 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 martda yog’ingarchilik kutilmaydi, 8-9 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 8-9 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 martda yog’ingarchilik kutilmaydi, 8-9 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, 9 martda ba’zida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 8 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 9 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 martda yog’ingarchilik kutilmaydi, 8-9 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, 9 martda ba’zida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 8 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 9 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 martda yog’ingarchilik kutilmaydi, 8-9 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 8-9 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 
8 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 9 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 
13-18° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 7 martda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.