O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 4-8 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
04.03.2024
O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 4-8 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Mart oyining birinchi kunlarida qish yana bir bor sovuq ob-havo va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar bilan o‘zini eslatdi. Bugun ertalab havo harorati 2-5o sovuqqacha, shimolda 7-12o sovuqqacha pasaydi.
Ammo kunduz kunlari haroratning jadal ko‘tarilishi boshlanadi, haroratning ko‘tarilishi ish haftasining oxirigacha davom etadi.
4-7 mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
8 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Bugun kunduzi havo harorati 4-9o iliq bo‘ladi, so‘ng hafta oxirigacha harorat 13-18o iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi. Harorat kechasi 2-5o sovuqdan 2-5o iliqqacha ko‘tariladi.
Shamol asosan sharqiy yo‘nalishda birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan tezlikda esadi, 8 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi.
5-6 mart kunlari respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
6-7 mart kunlari ayrim tog‘li hududlarda, 8 martda tog‘li hududlarning katta qismida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxtimizda: 4-7 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 0-2o sovuqdan 3-5o iliqqacha, kunduz kunlari 5-7o iliqdan 15-17o iliqqacha ko‘tariladi.
6-7 martda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esdi.
2024 yil 4 mart
O‘zgidromet