O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 2024 YIL 1-3 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 2024 YIL 1-3 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

01.03.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 2024 YIL 1-3 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ushbu yil bahorning birinchi kunlari O‘zbekiston aholisini bahoriy ob-havo bilan quvontirmaydi.
1-3 mart kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida asosan bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi havo harorati 2-7° iliq, respublik janubida esa g‘ayrioddiy bo‘lsa ham 3° sovuq-2° iliqdan past bo‘ladi. Respublika hududi bo‘yicha dam olishi kunlari harorat asosan kechalari 3° sovuq-2° iliq, kunduz kunlari 0-5° iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 mart kunlari 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtimizda: bugun kechga tomon biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi, 2-3 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.Harorat kechalari 1° sovuq-1° iliq, kunduz kuni 1 martda 4-6° iliq, 2-3 martda 1-4° iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esdi.

Mart oyining birinchi kunlarida harorat foni bahorning boshlanishi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4-6° ga past bo‘ladi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan deyarli pastdir, bunda mart oyida havo harorati 20-25° iliqga yetgan. 
Ammo keyingi hafta, biroz kechikish bilan bo‘lsa ham, bahor o‘z ta’sirini o‘tkazadi va havo harorati tez ko‘tarila boshlaydi.


2024 yil 1 mart
O‘zgidromet