2-4 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

2-4 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

29.02.2024

2-4 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2 martda ba’zi joylarda qor yog’adi. 3 martda ba’zi joylarda qor yog’ishi mumkin. 4 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2 martda 0-5° iliq, 3 martda 2-7° iliq, 4 martda 4-9° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-3 martda 0-5° iliq, 4 martda 2-7° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 martda ba’zi joylarda qor yog’adi. 4 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq- 2° iliq, kunduzi 2-3 martda 0-5° iliq, 4 martda 3-8° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 martda ba’zi joylarda qor yog’adi. 4 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2 martda 3° sovuq-2° iliq, 3 martda 2-7° iliq, 4 martda 5-10° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 martda ba’zi joylarda qor yog’adi. 4 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 2 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 martda ba’zi joylarda qor yog’adi. 4 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-3 martda 2-7° sovuq, 4 martda 0-5° sovuq bo‘ladi.