O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 26-29 FEVRAL VA 1 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 26-29 FEVRAL VA 1 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

26.02.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 26-29 FEVRAL VA 1 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Qishning so‘nggi kunlari va bahorning birinchi kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi.

26-29 fevral va 1 mart kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va bugun kunduzi Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha me’yordan 2-5o ga past bo‘lgan harorat saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 0-5o sovuq, shimolda 5-10o sovuq, kunduz kunlari 2-7o iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Poytaxtimizda: bugun kunning birinchi yarmida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

28 fevral va 1 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Haftaning qolgan kunlari esa asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Harorat kechalari 1-4o sovuq, kunduz kunlari 3-6o iliq bo‘ladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esdi.