27-29 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
25.02.2024
27-29 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi
0-5° iliq, 28 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 29 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 27 fevralda 0-5° iliq; 28-29 fevralda 2-7° iliq, Navoiy viloyatining shimolida 27 fevralda kechasi
7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 29 fevralda kechasi
5-10° sovuq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 27 fevral 0-5° iliq, 28-29 fevralda 3-8° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.