O‘zgidromet mutaxassisining javobi

O‘zgidromet mutaxassisining javobi

16.08.2021

O‘zgidromet mutaxassisining javobi

Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan hamda “Sirdaryoda tornado” deb nomlangan videolavha 2021 yilning 16 avgustida Sirdaryo viloyatida kuzatilgan (https://t.me/videomagistraluz/6406). Lavhada mahalliy kuchli shamol – shamolning yo‘nalishi o‘zgarishi bilan uning qisqa muddatli keskin kuchayishi va shu bilan birga “quyun” samarasining vujudga kelishi tasvirga olingan. Bu mahalliy tilda ''girdob'' deyiladi.

Tornado yoki quyun – juda kuchli, haddan tashqari katta tezlik bilan aylanadigan voronkasimon quyun bo‘lib, to‘p-to‘p-yomg‘irli (momaqaldiroqli) bulutlarda hosil bo‘ladi Pastga tomon bulutli yeng yoki xartum  sifatida uyirma hosil qiladi va diametri bir necha o‘n yoki yuz metr bo‘lishi mumkin. Tornadolar o‘ta halokatli tabiat hodisasidir. Asosan, tropik va suptropiklardagi okean va quruqlik o‘rtasida yuzaga keladi.

Yuqoridagi videoda aks etgan hodisaning dahshatli tornado tabiat hodisasiga aloqasi yo‘q. Umuman olganda, O‘zbekistonda tornado hodisasi muqaddam kuzatilmagan. Girdob (smerch)lar yoz oylarida respublikaning turli hududlarida tez-tez kuzatiladi.