O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 23-25 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 23-25 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

23.02.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 23-25 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati me’yordan 3-5o ga past bo‘lgan nisbatan sovuq ob-havo saqlanib turadi, kechalari 0-5o sovuq, ba’zi joylarda 2o iliqqacha, kunduz kuni 23 fevralda 2-7o iliq, 24-25 fevralda 0-5o iliq atrofida bo‘ladi. Shimolda kechalari 7-12o sovuq, kunduz kunlari 0-5o iliq bo‘ladi.

Bugun 23 fevralda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

24-25 fevral kunlari respublikaning ko‘pchilik hududlarida vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 fevralda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Poytaxtimizda: bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat 3-5o iliq bo‘ladi.

Shanba kuni vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1o sovuq-1o iliq, kunduzi 1-3o iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 3-5o sovuq, kunduzi 2-4o iliq bo‘ladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esdi.