25-26 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

25-26 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

23.02.2024

25-26 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 26-27 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 25 fevralda 0-5° iliq, 26-27 fevralda 2-7° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 27 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 25 fevralda 0-5° iliq, 26-27 fevralda 2-7° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 26-27 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 25 fevralda 5-10° iliq, 26-27 fevralda 3-8° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 27 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.