24-26 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
22.02.2024
24-26 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 25-26 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, Navoiy viloyatining shimolida 7-12° sovuq, kunduzi 24-25 fevralda 0-5° iliq,
26 fevralda 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 25-26 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24 fevralda 3° sovuq-2° iliq, 25-26 fevralda 0-5° sovuq, kunduzi 24-25 fevralda 0-5° iliq, 26 fevralda 2-7° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat 24 fevralda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 24 fevralda 8-13° iliq, 25-26 fevralda 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 25-26 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.