19 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.02.2024

MUHIM HODISALAR

19-22 fevral kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

 

19 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ozbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi, Qoraqalpogiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Yo’llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° sovuq bo’ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Yo’llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° sovuq bo‘ladi.