18 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.02.2024

MUHIM HODISALAR
18-22 fevral kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
18 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O’zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir qor) bo’ladi. Qoraqalpogiston respublikasida va Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Yo’llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1° sovuq-1° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, tuman tushadi. Qor ko’chish xavfi bor. Yo’llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° sovuq bo‘ladi.