17 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 16 fevral soat 20 dan 17 fevral soat 20 gacha
16.02.2024
MUHIM HODISALAR
16-18 fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
18-19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari
0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19 fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.
16-22 fevral kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
17 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
16 fevral soat 20 dan 17 fevral soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° sovuq, kunduzi 1° sovuq-1° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16° sovuq, Ustyurtda 17-20° sovuqqacha, kunduzi 3-8° sovuq; Xorazm viloyatida kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; cho‘l hududlarda kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.