16 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

16.02.2024

MUHIM HODISALAR

16-18 fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

18-19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19 fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.

16 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ozbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir qor) bo’ladi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Qoraqolpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat ertalab 7-12° iliq, kunduzi 0-3° gacha iliqqacha pasayadi, shimolda 3-8° sovuq bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, kunning ikkinchi yarmida qorga aylanishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat ertalab 9-11° iliq, kunduzi 0-2° iliqqacha pasayadi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Bazi joylarga tuman tushadi. Qor ko’chish xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.