17-19 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
15.02.2024
17-19 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 17 fevralda 3-8° sovuq, 18-19 fevralda 0-5° sovuq; Ustyurtda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 17 fevralda 7-12° sovuq, 18-19 fevralda 3-8° sovuq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17-18 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin, 19 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 18-19 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 17 fevralda 3-8° sovuq, 18-19 fevralda 0-5° sovuq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda qor yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 18-19 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 18-19 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 18-19 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi va kunduzi 3-8° iliq; 18 fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 19 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17 fevralda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 18-19 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi va kunduzi 7-12° iliq; 18 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 19 fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 18 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 19 fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 17 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartiribsharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 fevralda ayrim joylarda ba’zida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi, 18-19 fevralda kechasi 8-13° sovuqqacha, kunduzi 4-9° sovuqqacha pasayadi.