16 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 15 fevral soat 20 dan 16 fevral soat 20 gacha

16 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 15 fevral soat 20 dan 16 fevral soat 20 gacha

15.02.2024

MUHIM HODISALAR

16-18 fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

18-19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19 fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.

 

16 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

15 fevral soat 20 dan 16 fevral soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va ertalab 9-11° iliq bo‘ladi, kunduzi 2-4° iliqqacha pasayadi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIXORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, Ustyurtda 15-18° sovuqqacha, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 7-12° iliq bo‘ladi, kunduzi 2-5° iliqqacha pasayadi; cho‘l hududlarda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

TOSHKENT, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, kechga tomon qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 7-12° iliq bo‘ladi, kunduzi 2-5° iliqqacha pasayadi.

SAMARQAND VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 2-7° iliq bo‘ladi, kunduzi 0-5° sovuqqacha pasayadi.