16-18 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
14.02.2024
16-18 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 17-18 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq; 17 fevralda kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq; 18 fevralda kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat 17 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda a’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 17 fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 18 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 16 fevralda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq; 17 fevralda kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq; 18 fevralda kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 18 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi va kunduzi 7-12° iliq; 17 fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq- 2° iliq; 18 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 18 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 17 fevralda kechasi va kunduzi 3-8° iliq; 18 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 18 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 17 fevralda kechasi va kunduzi 7-12° iliq; 18 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 fevralda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 17 fevralda kechasi va kunduzi 3-8° iliq; 18 fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 17 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 18 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ayrim joylarda ba’zida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi, 17-18 fevralda kechasi 8-13° sovuqqacha, kunduzi 4-9° sovuqqacha pasayadi.