15-17 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

15-17 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

13.02.2024

15-17 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. 16 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 17 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 16 fevralda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 16 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 17 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 16-17 fevralda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-16 fevralda 5-10° iliq, 17 fevralda 1-6° iliq, kunduzi 15 fevralda 17-22° iliq bo‘ladi, 16-17 fevralda 1-6° iliqqacha pasayadi; Navoiy viloyatining shimolida 15 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 16 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 17 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 16-17 fevralda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-16 fevralda 5-10° iliq, 17 fevralda 3-8° iliq, kunduzi 15 fevralda 19-24° iliq bo‘ladi, 16-17 fevralda 3-8° iliqqacha pasayadi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 16-17 fevralda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-16 fevralda 7-12° iliq, 17 fevralda 3-8° iliq, kunduzi 15 fevralda 20-25° iliq bo‘ladi, 16-17 fevralda 3-8° iliqqacha pasayadi.

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 17 fevralda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 16-17 fevralda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-16 fevralda 7-12° iliq, 17 fevralda 7-12° iliq, kunduzi 15 fevralda 20-25° iliq bo‘ladi, 16-17 fevralda 7-12° iliqqacha pasayadi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15-16 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi, 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 16-17 fevralda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 16 fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 17 fevralda kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16-17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 17 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-16 fevralda 0-5° iliq bo‘ladi, 17 fevralda 7-12° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 15 fevralda 8-13° iliq bo‘ladi, 16-17 fevralda 7-12° sovuqqacha pasayadi.