TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

12.02.2024

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

 

Joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-19 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

16 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 
17-19 fevralda O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) kuzatiladi, 17-18fevralda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.

16-18 fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

18-19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19 fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.