O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 12-16 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 12-16 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

12.02.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 12-16 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

12-15 fevral kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida fevral oyi o‘rtasi uchun quruq va juda iliq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi.

Harorat 12-13 fevral kunlari kechalari 3-8o iliq, kunduz kunlari 12-17o iliq bo‘ladi. 14-15 fevralda bundan ham iliq – kechalari 5-10o iliq, kunduz kunlari 19-24o iliq bo‘ladi. Bunday harorat foni fevral oyi o‘rtasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 10-12o ga yuqoridir.

Bunday quruq ob-havo O‘zbekiston hududining katta qismida 16 fevral kuni ham saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 15-20o gacha biroz pasayadi. 

Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 16 fevralda kelib chiqishi arktik bo‘lgan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0-5o sovuq, kunduzi 3o sovuq-2o iliq bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 fevralda ba’zi joylarda 
15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘li hududlarida 12 fevral kuni qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtimizda: 12-16 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-13 fevralda kechalari 3-8o iliq, kunduz kunlari 12-17o iliq, 14-15 fevralda kechalari 5-10o iliq, kunduz kunlari 19-22o iliq bo‘ladi.

2024 yil 12 fevral

O‘zgidromet