O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 9-11 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 9-11 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.02.2024

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 9-11 FEVRAL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.

Respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vati bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 3-8o iliq, kunduzi 15-20o iliq bo‘ladi. Bunday harorat foni fevral oyi birinchi o‘n kunligi oxiri uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 6-8o ga ko‘p bo‘ldi.

Respublikaning tog‘li hududlarida harorat ko‘tarilishi hisobiga qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtimizda: bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 5-8o iliq, kunduz kunlari 17-19o iliq bo‘ladi.

 

2024 yil 9 fevral

O‘zgidromet